Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumani, 9-avgust, 2025-yil. "Hamkor" Vositachilik shartnomasi shartlari

Vositachilik shartnomasi (Platformadan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha)

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasi, 367-moddasi va boshqa tegishli huquqiy normalar asosida tuzilgan bo‘lib, O'O'BQ <<OTABEK XASANOV>> (keyingi o‘rinlarda “Vositachi”) tomonidan ommaviy tarzda taklif etilayotgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Ushbu taklif cheklanmagan doiradagi shaxslarga qaratilgan va platforma (veb-sayt, mobil ilova, Telegram bot va boshqalar) orqali e’lon qilinadi.

Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (Keyingi o'rinlarda “Mijoz” yoki “Do'kon egasi”) ushbu platformada buyurtma berish yoki ro‘yxatdan o‘tish orqali ushbu ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan (ya’ni, aksept qilgan) hisoblanadi va tomonlar o‘rtasida elektron shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.

Shartnoma elektron tarzda tuziladi va elektron hujjatlar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq yuridik kuchga ega.

ATAMALAR

Oferta – Vositachi tomonidan ommaga taqdim etilgan shartnoma taklifi.

Platforma – Vositachi tomonidan ishlab chiqilgan va xizmatlar taklif qilinadigan raqamli muhit: veb-sayt, Telegram bot, mobil ilova va boshqalar.

Aksept – Do'kon egasi tomonidan ushbu ofertani qabul qilish, ya’ni xizmatga buyurtma berish, to‘lovni amalga oshirish yoki rozilik tugmasini bosish va h.k orqali rozilik bildirilishi.

Xizmat – vositachilik xizmatlari, API tizimlari yoki boshqa turdagi raqamli mahsulotlarni yaratish, joylashtirish, sozlash, texnik yordam ko‘rsatish, shuningdek boshqa turdagi xizmatlar taqdim etish.

Veb sayt - Vositachining shaxsiy yoki ommaviy loyhasi bo'lgan veb sayt

To'lov tizimi - Bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan litsenziyalangan, foydalanuvchilarga elektron tarzda qonuniy to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beruvchi tizimdir. Ushbu tizim orqali Payme, Click, Upay, Apelsin va boshqa mahalliy to‘lov xizmatlari orqali xavfsiz va nazorat ostidagi moliyaviy operatsiyalar bajariladi.

To'lovchi – Platforma orqali xizmat (yoki mahsulot) uchun to‘lovni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. To‘lovchi do‘kon egasi foydasiga to‘lov qiladi va to‘lovni tasdiqlash orqali platformaning ommaviy ofertasiga rozilik bildirgan hisoblanadi.

To'lov havolasi - Vositachi tomonidan mijozga taqdim etildigan, to'lovlarni to'lov tizimi orqali amalga oshirishga yordam beradigan elektron sahifa

SHARTNOMA PREDMETI

Vositachi Mijoz topshirigʻiga muvofiq haq evaziga oʻz nomidan va Mijoz hisobidan quyidagi bitimlarni tuzish majburiyatini oladi:

Mahsulot yoki xizmatlar bo‘yicha shartnomalarni tuzish.

To'lov tizimlari bilan bitimlarni imzolash.

Vositachi Mijozlarga pulli asosda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday xizmatlarni faollashtirish Mijoz tomonidan mustaqil ravishda, o‘z xohishiga ko‘ra hamda xizmat tavsifi, uni taqdim etish shartlari, foydalanish narxi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan ommaviy oferta bilan tanishib chiqilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Bitimlarni tuzishning aniq shartlari, sotishning eng past baholari darajasi, shuningdek mazkur shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan bitimlarga nisbatan Mijozning boshqa koʻrsatmalari Shartnomaga ilovasi sifatida yoxud alohida hujjat koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

Vositachining majburiyatlari:

Vositachi mijozning topshirig‘i asosida, o‘z nomidan, ammo mijoz hisobidan litsenziyalangan to‘lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik aloqalarini yuritish huquqiga ega.

Vositachi bu faoliyatni mijoz manfaatlarini ko‘zlab, eng foydali shartlarda amalga oshirishi shart.

Shu bilan birga, to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha to‘lovlar, hisoblar va xizmatlar Vositachi orqali amalga oshiriladi va ular bo‘yicha mas’uliyat Vositachiga yuklanadi.

Mijoz esa Vositachining bu boradagi harakatlarini o‘z topshirig‘i asosida bajarilgan deb hisoblaydi.

Vositachi topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda unga maʼlum boʻlgan va Mijozning tijorat sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni sir saqlash majburiyatini oladi.

Vositachining huquqlari:

Vositachi Mijoz topshirigʻiga asosan, oʻz nomidan, lekin Mijoz hisobidan litsenziyalangan toʻlov tizimlari (Payme, Click, Apelsin, Uzum Pay va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va ulagam xizmatlar ulash huquqiga ega.

Vositachi toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalarni qayd etish, tushgan mablagʻlarni vaqtincha oʻz hisobida saqlab turish, audit yuritish, shuningdek mijoz bilan kelishilgan tartibda mablagʻlarni Mijozga oʻtkazish huquqiga ega.

Vositachi amalga oshirilgan har bir toʻlov yoki xizmat koʻrsatish uchun belgilangan komissiya (vositachilik haqi) miqdorini avtomatik tarzda ushlab qolish va bu miqdorni o‘z foydasi sifatida saqlab qolish huquqiga ega.

Vositachi toʻlov tizimlarining texnik talablari asosida API integratsiyasi, xavfsizlik sozlamalari, SMS-kodlar va interfeyslarni mustaqil tarzda boshqarish, sozlash va xizmatni yo‘lga qo‘yish huquqiga ega.

Vositachi shubhali yoki noto‘g‘ri identifikatsiya qilingan to‘lovlar holatida mablagʻlarni vaqtincha bloklash yoki Mijozga to‘lovni qaytarishdan bosh tortish huquqiga ega, agar bu holatlar qonuniy va shartnoma asosida asoslangan bo‘lsa.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki mazkur Shartnoma shartlarining Vositachi tomonidan buzilishiga olib kelsa, Vositachi operatsiyalarni amalga oshirishda Mijozga rad etish huquqiga ega.

Mijozning majburiyatlari:

mazkur Shartnoma talablarini bajarish

Mijoz shartnomaning 2.1-bandida koʻzda tutilgan bitimlarni tuzish shartlari va xususiyatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida Vositachini xabardor qilishi shart.

Mijoz topshiriqqa muvofiq ijro etilgan hamma narsani Vositachidan qabul qilib olishi, oʻzi uchun Vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni koʻzdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida darhol Vositachini xabardor qilishi, Vositachini vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.

To'lovlar bajarilgandan soʻng Mijoz Vositachiga ushbu shartnomaning 5.4-bandida nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlashi shart.

Mijoz vositachilik haqidan tashqari, topshiriqni bajarish uchun sarf qilingan, ushbu shartnomaning 5.8- bandida nazarda tutilgan zarur xarajatlarni ham Vositachiga toʻlashi shart.

Platforma orqali noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni, noqonuniy savdo, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan operatsiyalarni, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar yoki daromadni yashirish kabi harakatlarni bajarmaslik.

TOMONLARNING JAVOVGARLIGI

Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Mijoz mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.

Muvaffaqiyatli to'langan to'lovlarni yechib olish uchun mijoz Vositachini xabardor qilishi shart. Agarda mijoz bu xaqida vositachiga xabar bermasa, Vositachi buning uchun javobgar bo'lmaydi

Mijoz himoyalanmagan ulanishlardan foydalanadigan yoki zararli dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo‘lgan qurilmada shaxsiy ma’lumotlarini kiritganda ularning xavfsizligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi

Vositachi mazkur shartnomaning 5.8-bandida nazarda tutilgan summani toʻlash muddatini kechiktirgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kuni uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summaning kelishilgan miqdorda penyani Mijozga toʻlaydi.

Mazkur Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Mijoz tomonidan Shartnoma shartlarining ijro etilmaganligi oqibatida yuzaga kelsa, Vositachi javobgar bo‘lmaydi.

BAHOLAR, TOPSHIRIQLARNI BAJARISH VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI

Vositachiga Mijoz hisobidan tushgan barcha summalar hisobidan, ushbu shartnoma boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan xizmat haqi, xarajatlar va boshqa belgilangan summalarni ushlab qolish huquqi beriladi.

To‘lov turi Tavsif Miqdori / Foizi Izoh
Xizmat komissiyasiVositachining har bir amalga oshirilgan to‘lov uchun oladigan xizmat haqi7.5%Mijoz bilan alohida kelishuvga asosan belgilanadi
Integratsiya to‘loviTo‘lov tizimlari bilan texnik ulanish va sozlash ishlari uchun0 so‘mDastlabki ulanish jarayonida olinadi
Qo‘shimcha xizmatlar"Rasmiy" belgisi30,000 so‘m (oylik)Talabga ko‘ra faollashtiriladi
Penalti (kechiktirilgan to‘lov)To‘lovlar belgilangan muddatda o‘tkazilmasa, jarima qo‘llaniladi0.03% kunigaO‘tgan har bir kun uchun hisoblanadi

Toʻlov tizimlari orqali qabul qilingan umumiy mablag‘lardan:

Vositachi xizmat haqi (komissiyasi),

texnik xizmatlar uchun sarflangan xarajatlar,

boshqa asosli xarajatlar chegirib qolinadi, qolgan summa esa Mijozga topshiriq bajarilganidan so‘ng 1 - 5 ish kuni ichida oʻtkaziladi.

SHARTNOMANI BEKOR QILISH TARTIBI

Mijoz istalgan vaqtda platformadagi akkauntni o‘chirib tashlash orqali Shartnomani ijro etishdan bosh tortish huquqiga ega.

Mijoz bilan tuzilgan Shartnoma akkaunt o‘chirib tashlanganidan so‘ng darhol bekor qilingan hisoblanadi.

FORS MAJOR HOLATLARI

Taraflar shartnoma tuzilgandan keyin oqilona vositalar bilan oldindan koʻra olmagan yoki bartaraf eta olmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengib boʻlmas kuch oqibatida majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

NIZOLARNING KO'RIB CHIQILISHI

Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizo Mijozing murojaatiga asosan kelishuv yo‘li bilan yoki da’vo tartibida hal qilinishi kerak.

Agar yuzaga kelgan nizo da’vo tartibida hal etilmasa, u Fuqarolik ishlari bo'yicha Termiz tumanlararo sudida ko‘riladi.

Asosiy Xarita FAQ