Rasmiy API ma’lumotnomasi

Dasturchilar uchun API hujjatlari

CHECKOUT.UZ to’lov tizimini o’z platformangizga ulash uchun kerak bo’lgan barcha so’rovlar, parametrlar va misollar shu yerda.

Asosiy manzil https://checkout.uz/api/v1
llm.txt sifatida ko’rish

Kirish

To'lovlarni yaratish, balansni tekshirish va kassa statistikasini boshqarish uchun yagona API tizimi.

Avtorizatsiya

Har bir so’rov Authorization sarlavhasida Bearer token ko’rinishida API kalitini o’z ichiga olishi kerak. API kalitni kassa sozlamalaridan olishingiz mumkin. Agar IP Whitelist yoqilgan bo’lsa, so’rov faqat ruxsat etilgan IP manzildan yuborilishi shart.

Header
Authorization: Bearer YOUR_API_KEY

Kalitingiz faqat brauzeringizda saqlanadi va so’rov to’g’ridan-to’g’ri tanlangan serverga yuboriladi.

Webhook

To’lov muvaffaqiyatli tasdiqlanganda, tizim quyidagi ma’lumotni POST so’rovi orqali sizning webhook manzilingizga yuboradi. Ikki manzil ishlatilishi mumkin: kassa sozlamalaridagi umumiy "Webhook URL" va/yoki /create_payment chaqirilganda webhook_url parametri orqali ko’rsatilgan manzil — ikkalasi ham sozlangan bo’lsa, ikkalasiga alohida-alohida yuboriladi.

Yuboriladigan ma’lumot (payload)

{
    "webhook_type": "version_1_1",
    "status": "success",
    "event": "payment_confirmed",
    "payment_system": "click",
    "shop_id": 3,
    "data": {
        "order_id": 45180,
        "amount": 5000,
        "currency": "UZS",
        "status": "paid",
        "provider_details": {
            "...": "provayderga xos xom (raw) maydonlar"
        },
        "perform_time": 1784393083895
    },
    "timestamp": 1784393083
}

Maydonlar

Nomi Turi Tavsif
webhook_type string Webhook formatining versiyasi.
status string Har doim "success" (yuborish muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, to’lovning holati emas).
event string Hodisa turi. Hozircha faqat "payment_confirmed".
payment_system string To’lov amalga oshirilgan tizim kaliti (masalan click, payme, plum).
shop_id integer Kassa identifikatori.
data.order_id integer To’lovga tegishli invoys ID raqami (/create_payment javobidagi _id bilan bir xil).
data.amount number To’lov summasi.
data.currency string Valyuta. Hozircha har doim "UZS".
data.status string Har doim "paid".
data.provider_details object To’lov tizimidan kelgan xom (raw) ma’lumot - tizimga qarab tarkibi farq qiladi.
data.perform_time integer To’lov amalga oshirilgan vaqt (millisekundlarda, Unix timestamp).
timestamp integer Webhook yuborilgan vaqt (sekundlarda, Unix timestamp).

Kutilayotgan javob

Serveringiz HTTP 200 kod bilan javob qaytarishi kifoya. Hozircha muvaffaqiyatsiz urinish avtomatik qayta yuborilmaydi.

post /create_payment

Yangi to'lov xavolasini yaratish (Invoice)

Parametrlar

Nomi Turi Majburiy Tavsif
amount number majburiy To'lov summasi (so'mda). Minimal: 1000, maksimal: 10 000 000.
description string ixtiyoriy Ixtiyoriy. Buyurtma haqida qisqacha izoh, to'lov sahifasida mijozga ko'rsatiladi.
webhook_url string ixtiyoriy Ixtiyoriy. To'lov tasdiqlangach, natija shu manzilga ham yuboriladi (kassaning umumiy webhook manziliga qo'shimcha ravishda).

Kod namunasi

curl -X POST "https://checkout.uz/api/v1/create_payment" \
  -H "Authorization: Bearer YOUR_API_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{
    "amount": 50000,
    "description": "Buyurtma #12345",
    "webhook_url": "https://mysite.uz/webhooks/checkout"
}'

Javob namunasi

{
    "status": "success",
    "payment": {
        "_id": 152,
        "_uuid": "550e8400-e29b-41d4-a716-446655440000",
        "_url": "https://checkout.uz/pay/550e8400-e29b-41d4-a716-446655440000",
        "_amount": 50000,
        "_status": "pending",
        "_pay_via": {
            "click": "https://checkout.uz/pay/550e8400-e29b-41d4-a716-446655440000/click",
            "payme": "https://checkout.uz/pay/550e8400-e29b-41d4-a716-446655440000/payme"
        },
        "custom_payment_pages": [
            {
                "domain": "pay.mydomain.uz",
                "_url": "https://pay.mydomain.uz/pay/550e8400-e29b-41d4-a716-446655440000"
            }
        ],
        "_lifteme": {
            "_second": 3600,
            "_hour": 1
        }
    }
}

Sinab ko’rish

post /status_payment

To'lov holatini ID yoki UUID orqali tekshirish

Parametrlar

Nomi Turi Majburiy Tavsif
id integer ixtiyoriy Invoice ID raqami
uuid string ixtiyoriy To'lovning UUID kodi

Kod namunasi

curl -X POST "https://checkout.uz/api/v1/status_payment" \
  -H "Authorization: Bearer YOUR_API_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{
    "id": 0,
    "uuid": ""
}'

Javob namunasi

{
    "status": "success",
    "data": {
        "id": 152,
        "amount": 50000,
        "status": "paid",
        "created_at": "2026-01-31 10:00:00",
        "paid_at": "2026-01-31 10:05:22"
    }
}

Sinab ko’rish

post /get_balance

Kassa balansini barcha valyutalarda olish

Ushbu so’rov tana (body) talab qilmaydi.

Kod namunasi

curl -X POST "https://checkout.uz/api/v1/get_balance" \
  -H "Authorization: Bearer YOUR_API_KEY"

Javob namunasi

{
    "status": "success",
    "balance": {
        "uzs": 2500000,
        "usd": 120,
        "ton": 15.5
    }
}

Sinab ko’rish

post /get_history

Oxirgi tranzaksiyalar ro'yxati

Parametrlar

Nomi Turi Majburiy Tavsif
limit integer ixtiyoriy Ixtiyoriy. Qaytariladigan tranzaksiyalar soni.

Kod namunasi

curl -X POST "https://checkout.uz/api/v1/get_history" \
  -H "Authorization: Bearer YOUR_API_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{
    "limit": 10
}'

Javob namunasi

{
    "status": "success",
    "data": [
        {
            "id": 152,
            "amount": 50000,
            "status": "paid",
            "created_at": "2026-01-31 10:00:00",
            "paid_at": "2026-01-31 10:05:22"
        },
        {
            "id": 151,
            "amount": 120000,
            "status": "paid",
            "created_at": "2026-01-30 18:22:11",
            "paid_at": "2026-01-30 18:23:40"
        }
    ]
}

Sinab ko’rish

post /get_stats

Kassa bo'yicha umumiy statistika

Ushbu so’rov tana (body) talab qilmaydi.

Kod namunasi

curl -X POST "https://checkout.uz/api/v1/get_stats" \
  -H "Authorization: Bearer YOUR_API_KEY"

Javob namunasi

{
    "status": "success",
    "stats": {
        "total_orders": 450,
        "total_amount": 12500000.5
    }
}

Sinab ko’rish

Asosiy Xarita FAQ