№1 Milliy To’lov Shlyuzi

Tizim to’liq Sizning nazoratingizda

Jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan eng xavfsiz va tezkor to’lov ekotizimi. Biznesingizni yagona shlyuz orqali boshqaring.

45662+

Tranzaksiyalar

427+

Foydalanuvchilar

checkout.uz/dashboard

Tranzaksiyalar

45662+

7d 30d

Nima uchun CHECKOUT.UZ?

Pay BY Card

Uzcard/Humo kartalari orqali to’lovlarni qabul qilish va onlayn tranzaksiyalarni boshqarish tizimi.

UZCARD HUMO

Real-time Analitika

Savdo va tranzaksiyalar oqimini jonli rejimda kuzatish hamda batafsil moliyaviy hisobotlarni olish imkoniyati.

Bot Integratsiyasi

Telegram botingiz orqali to’lovlarni qabul qilish va bildirishnomalarni avtomatik yuborish uchun tayyor yechimlar.

24/7 Texnik Ko’mak

Mutaxassislarimiz kunu-tun texnik masalalar va so’rovlaringiz bo’yicha yordam berishga har doim tayyor.

Tezkor Integratsiya

Tayyor kodlar va tushunarli dokumentatsiya orqali tizimni bir necha daqiqada o’z loyihangizga ulashingiz mumkin.

Xavfsiz To’lovlar

MD5 shifrlash va IP-whitelist cheklovlari orqali tranzaksiyalarning to’liq daxlsizligi kafolatlanadi.

Multivalyuta

UZS, USD kabi turli valyutalarda to’lovlarni qabul qiling va yagona boshqaruv panelida balansni kuzating.

Webhook Tizimi

To’lov holati o’zgarganda serveringizga real vaqt rejimida (POST/GET) avtomatik bildirishnomalar yuboriladi.

Merchant API

Dasturchilar uchun yuqori tezlikda ishlovchi JSON-API va PHP SDK paketlar. Maksimal moslashuvchanlik.

Qo’llab-quvvatlanadigan to’lov usullari

Mijozlaringiz eng qulay usulda to’lov qilishi uchun O’zbekistondagi barcha yetakchi to’lov tizimlari bitta shlyuzga ulangan.

Click - O'zbekiston

Click - O'zbekiston

Payme - O'zbekiston

Payme - O'zbekiston

Uzcard/Humo - O'zbekiston

Uzcard/Humo - O'zbekiston

Plum - O'zbekiston

Plum - O'zbekiston

Paylov - O'zbekiston

Paylov - O'zbekiston

Xazna - O'zbekiston

Xazna - O'zbekiston

Ishlash bosqichlari

1

Registratsiya

Login/Parol orqali 1 daqiqada kabinet yarating.

2

Tasdiqlash

Hujjatlarni onlayn tasdiqdan o’tkazing.

3

Kassa Qo’shish

Merchant kassa va API kalitini oling.

4

To’lovlar

To’lovlarni qabul qilishni boshlang.

Har qanday soha uchun moslashuvchan yechim

CHECKOUT.UZ turli yo’nalishdagi tadbirkorlar va frilanserlar uchun qulay to’lov infratuzilmasini taqdim etadi.

Onlayn do’kon

Ijtimoiy tarmoq yoki veb-sayt orqali mahsulot sotuvchilar uchun tezkor to’lov qabul qilish.

Ta’lim va kurslar

Onlayn kurslar, repetitorlik va treninglar uchun obuna hamda bir martalik to’lovlarni yig’ish.

Xizmat ko’rsatish

Frilanserlar, ustalar va xizmat ko’rsatuvchilar uchun mijozlardan qulay to’lov undirish.

Kontent va ijod

Blogerlar va kontent-meykerlar uchun auditoriyadan donation va obuna to’lovlarini qabul qilish.

Ishonchli va himoyalangan tizim

Har bir tranzaksiya bir necha bosqichli himoya orqali o’tadi — mablag’laringiz va ma’lumotlaringiz doimo xavfsiz.

SSL/TLS shifrlash

Barcha ma’lumotlar almashinuvi so’nggi standart shifrlash protokollari orqali himoyalangan.

MD5 imzo tekshiruvi

Har bir so’rov maxsus Secret Key bilan imzolanadi va soxta so’rovlar avtomatik rad etiladi.

IP-Whitelist nazorati

API so’rovlari faqat siz ruxsat bergan server manzillaridan qabul qilinadi.

24/7 monitoring

Tizim faoliyati va shubhali harakatlar doimiy ravishda kuzatilib, real vaqtda javob beriladi.

Aqlli Dashboard

Barcha tranzaksiyalar, haftalik daromad grafiklari va hisob-fakturalar bitta professional panelda. Realdagi savdolarni jonli kuzatib boring.

45662+

Tranzaksiyalar

427+

Foydalanuvchilar

Weekly overview

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya

Eng ommabop savollar

01. Jismoniy shaxs bo’lib to’lov qabul qilsam bo’ladimi?
Ha, albatta. Bizning platforma jismoniy shaxslarga o’z xizmatlarini ko’rsatadi.
02. Mablag’ yechish so’rovim qancha vaqtda tasdiqlanadi?
Odatda mablag’ni yechib olish so’rovlari 1 dan 5 ish kunigacha ko’rib chiqiladi (shanba va yakshanba kunlari xisoblanmaydi).
03. Qanday valyutalarda to’lov qabul qilish mumkin?
Hozirgi kunda tizim orqali UZS valyutalarida to’lovlarni qabul qilish imkoniyati mavjud.
04. MD5 shifrlash va xavfsizlik qanday ta’minlanadi?
Har bir tranzaksiya maxsus MD5 kalit (Secret Key) orqali imzolanadi, bu esa to’lov ma’lumotlarini o’zgartirishdan va tashqi hujumlardan to’liq himoya qiladi.
05. Webhook bildirishnomalari qanday ishlaydi?
To’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan bizning server siz ko’rsatgan URL manzilga avtomatik ravishda POST so’rovini yuboradi va tizimingiz balansni real vaqtda yangilaydi.
06. API orqali integratsiya qilish qiyinmi?
Yo’q, integratsiya juda oson. Biz taqdim etadigan JSON-API va PHP SDK dokumentatsiyasi yordamida tizimni 30 daqiqa ichida o’z loyihangizga ulashingiz mumkin.
07. Kunlik yoki oylik limitlar bormi?
Sizning akkaunt holatingizga qarab limitlar farq qilishi mumkin. Standart foydalanuvchilar uchun cheklovlar minimal bo’lib, biznesingiz o’sishi bilan limitlar kengaytiriladi.
08. Hisobni tasdiqlash (verifikatsiya) uchun qanday hujjatlar kerak?
Tasdiqlashdan o’tish uchun pasport ma’lumotlari (seriya va raqami), joylashuvingiz (faqat O’zbekiston fuqarolari uchun) va telefon raqamingiz SMS kod orqali tasdiqlanadi. Jarayon bir necha daqiqa vaqt oladi.
09. Bitta hisobda bir nechta kassa (do’kon) ochish mumkinmi?
Ha, bitta hisobingiz orqali cheklanmagan miqdorda kassa yaratishingiz mumkin. Har bir kassaning o’z nomi, logotipi va sozlamalari bo’ladi.
10. Kassa qancha vaqtda faollashadi?
Yangi yaratilgan kassa administratorlar tomonidan ko’rib chiqiladi va odatda 1-3 ish kuni ichida faollashtiriladi.
11. Qaysi to’lov tizimlari orqali pul qabul qilaman?
Payme, Click, Uzcard va Humo kabi mahalliy to’lov tizimlari orqali to’lovlarni qabul qilishingiz mumkin. Har bir tizimni kassa sozlamalaridan alohida yoqish yoki o’chirish mumkin.
12. To’lov sahifasining ko’rinishini (dizaynini) o’zgartirish mumkinmi?
Ha, har bir kassa uchun bir nechta tayyor to’lov sahifasi dizayni (tema) mavjud, jumladan och va qorong’i rejimlar. Ularni "Dizaynlar" bo’limidan tanlashingiz mumkin.
13. Ro’yxatdan o’tish uchun nima talab qilinadi?
Ro’yxatdan o’tish uchun email manzil kifoya, shuningdek Google, GitHub, GitLab kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tez ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
14. Muammo yuzaga kelsa qanday yordam olaman?
Dashboard ichidagi "Yordam" bo’limi orqali administratorlar bilan jonli chatda real vaqtda yozishishingiz mumkin, shuningdek Telegram (@checkout_help) yoki email orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.
15. Qanday sohalar uchun kassa ochish taqiqlangan?
Qimor, kazino va pul yuvish bilan bog’liq faoliyat yurituvchi bizneslar uchun kassa ochish taqiqlangan. Boshqa barcha qonuniy faoliyat turlari uchun kassa yaratishingiz mumkin.
16. Xizmatdan foydalanish uchun oylik abonent to’lovi bormi?
Yo’q, kassa ochish va tizimdan foydalanish butunlay bepul. Komissiya faqat muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tranzaksiyalardan, tanlangan to’lov usuliga qarab ushlab qolinadi.
Asosiy Xarita FAQ