Ommaviy Oferta
Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumani,
9-avgust, 2025-yil. "Universal" Shartlar
Ommaviy oferta (Platformadan foydalanish bo'yicha)
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasi, 367-moddasi va boshqa tegishli huquqiy normalar asosida tuzilgan bo‘lib, O'O'BQ << OTABEK XASANOV >> (keyingi o‘rinlarda “Vositachi”) tomonidan ommaviy tarzda taklif etilayotgan xizmatlar uchun tuzilgan ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu taklif cheklanmagan doiradagi shaxslarga qaratilgan va platforma (veb-sayt, mobil ilova, Telegram bot va boshqalar) orqali e’lon qilinadi.
Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (Keyingi o'rinlarda “Mijoz” yoki “Do'kon egasi”) ushbu platformada buyurtma berish yoki ro‘yxatdan o‘tish orqali ushbu ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan (ya’ni, aksept qilgan) hisoblanadi va tomonlar o‘rtasida elektron shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Shartnoma elektron tarzda tuziladi va elektron hujjatlar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq yuridik kuchga ega.
ATAMALAR
Oferta – Vositachi tomonidan ommaga taqdim etilgan shartnoma taklifi.
Platforma – Vositachi tomonidan ishlab chiqilgan raqamli muhit: veb-sayt, Telegram bot, mobil ilova va boshqalar.
Aksept – Do'kon egasi tomonidan ushbu ofertani qabul qilish, rozilik bildirilishi.
Xizmat – vositachilik xizmatlari, API tizimlari, sozlash va texnik yordam ko‘rsatish.
Veb sayt – Vositachining shaxsiy yoki ommaviy loyihasi bo'lgan veb sayt.
To'lov tizimi – Markaziy bank tomonidan litsenziyalangan, Click, Payme va boshqa mahalliy to‘lov xizmatlari.
SHARTNOMA PREDMETI
Vositachi Platformadan foydalanish imkoniyatini beradi. Mazkur Platforma shu va boshqa xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Platformada ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinet ochish, parolni tiklash va identifikatsiya.
Muvaffaqiyatli to'langan to'lov summalarini to'lov tizimlari orqali yechib olish.
Buyurtmalar berish, texnik topshiriqlar yuborish va API xizmatlarini faollashtirish.
Xizmatlar holatini kuzatish, elektron kvitansiyalar va hujjatlarni olish.
To'langan to'lovlarni bekor qilish yoki to'lov havolalarini ulashish.
Shaxsiy balans yuritish, tranzaksiya tarixini ko‘rish, avto-to‘lov sozlamalari.
Platformada mavjud konfiguratorlar, AI yordamchilari va API kalitlaridan foydalanish.
Mijoz platformaning uchun boshlang'ich to'lovni va asosiy to'lovini amalga oshiriladi.
Dasturiy xizmatlar:
API va avtoto'lov xizmatlari.
Hisob-kitob kalkulyatorlari, billing, QR-to‘lov va raqamli yechimlar.
Foydalanuvchi profillari, xavfsizlik va autentifikatsiya tizimlari.
Pulli xizmatlarni faollashtirish Mijoz tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
Vositachining majburiyatlari:
Platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha texnik choralar ko‘rish.
Mijozni platformadagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilish.
Mijozning muvaffaqiyatli to'lovlarini yechib berish.
Vositachining huquqlari:
Mijozni identifikatsiya qilish va lozim darajada tekshirish.
Mablag‘lar manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so'rash.
Qonunbuzarlik aniqlansa, akkauntni cheklash yoki bekor qilish.
Operatsiyalarni amalga oshirishda Mijozga rad etish huquqi.
Mijozning majburiyatlari:
Mazkur Shartnoma talablarini bajarish.
Qurilmaning axborot xavfsizligini mustaqil ta’minlash.
Checkout.uz saytidagi xabarnomalarni kuzatib borish.
Rekvizitlar o'g'irlanganda Vositachini darhol xabardor qilish.
Noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni bajarmaslik.
Platformadan foydalangan holda, Mijoz quyidagilarni tasdiqlaydi:
U muomalaga layoqatli.
Platformadan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaydi.
Huquqlarni uchinchi shaxslarga Vositachi roziligisiz o'tkazmaydi.
Shaxsiy akkauntga uchinchi shaxslar kirishi uchun to'liq javobgar.
Vositachi ofertani bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega.
O'zgartirishlar 15 kun ichida kuchga kiradi.
Akkaunt o'chirib tashlanmasa, o'zgarishlar qabul qilingan hisoblanadi.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Tomonlar majburiyatlar bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
Mijoz zararli dasturlar tahdidi ostidagi qurilmadan foydalanganda xavfsizlik uchun o'zi javobgar.
Vositachi Mijozning shartlar bilan tanishmaganligi sababli yo'qotishlar uchun javobgar emas.
Vositachi nazorati doirasi faqat Platforma ishlashi bilan cheklanadi.
Platforma barcha kontentni "qanday bo'lsa" shunday taqdim etadi.
SHARTNOMANI BEKOR QILISH TARTIBI
Mijoz akkauntni o‘chirib tashlash orqali shartnomani bekor qilishi mumkin.
Akkaunt o'chirilgach, shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
NIZOLARNING KO'RIB CHIQILISHI
Nizolar kelishuv yo‘li bilan yoki da’vo tartibida hal qilinadi.
Sudlashuv: Fuqarolik ishlari bo'yicha Termiz tumanlararo sudi.
Texnik yordam: [email protected] yoki saytdagi telefon raqami.
BOSHQA SHARTLAR
Mijoz shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik siyosatiga roziligini tasdiqlaydi.