Maxfiylik siyosati
Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumani,
9-avgust, 2025-yil. Shartlar
Maxfiylik siyosati
Mazkur Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiylik siyosati (keyingi oʻrinlarda “Siyosat” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs bo‘lgan vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi O'O'BQ “OTABEK HASANOV” tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur Siyosat O'O'BQ “OTABEK HASANOV” (keyingi oʻrinlarda “Vositachi™” deb yuritiladi) mobil yoki veb-ilova koʻrinishida Vositachi™ toʻlov xizmatidan, shuningdek, Vositachining boshqa dasturlari, mahsulotlari, xizmatlaridan (keyingi o‘rinlarda “Vositachi™ Servislari” deb yuritiladi) foydalanganda Foydalanuvchi haqida olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Siyosat faqat Vositachi™ Servislaridan foydalanishda mavjud boʻlgan havolalar orqali kirishi mumkin boʻlgan uchinchi tomon saytlari/xizmatlarini nazorat qilmaydi va ular uchun, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlangan Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar uchun javobgar emas.
Vositachi™ Xizmatlaridan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda koʻrsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga soʻzsiz roziligini bildiradi; ushbu shartlarga rozi boʻlmagan taqdirda, Foydalanuvchi Vositachi™ Xizmatlaridan foydalanmasligi kerak.
Foydalanuvchi Vositachi™ tomonidan vakolatlangan boshqa tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida avtomatlashtirilgan, shuningdek, avtomatlashtirish vositalaridan foydalanamasdan, shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, tizimlashtirish, saqlash, uchinchi shaxslarga berish va transchegaraviy uzatishga oʻz roziligini beradi.
Vositachi™ tomonidan ishlov beriladigan Foydalanuvchilar ma’lumotlari
Mazkur Siyosat doirasida shaxsiy ma’lumotlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Foydalanuvchi Vositachi™ Servislaridan birida roʻyxatdan oʻtishda yoki foydalanish jarayonida mustaqil ravishda oʻzi haqida taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlar.
Foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida avtomat ravishda Vositachi™ ga uzatiladigan ma’lumotlar (IP-manzil, cookies-fayllar va h.k.).
Vositachi™ Servislaridan foydalanganda Foydalanuvchi haqidagi quyidagi shaxssizlantirilgan statistik maʼlumotlar avtomat tarzda yigʻiladi:
saytda bajariladigan xatti-harakat turi (bosish, kursorni yoʻnaltirish);
harakatning bajarilish sanasi va vaqti;
Sahifa URL manzili va Referer;
ClientID (cookie-fayli boʻyicha brauzer identifikatori);
toʻlovlar, yoqilgan va oʻchirilgan funksiyalar boʻyicha barcha tafsilotlar;
Foydalanuvchi oʻz uskunasida brauzer sozlamalarini oʻzgartirish orqali Cookies-fayllarini mustaqil ravishda boshqarishi mumkin.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari:
Vositachi™ faqat Servislarni taqdim etish yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplaydi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda qayta ishlanishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
Foydalanuvchi ishtirokidagi shartnomalarni tuzish va bajarish;
Muloqot qilish, bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish;
Vositachi™ Servislari sifatini yaxshilash va yangi xizmatlarni ishlab chiqish;
Vositachi™ qonuniy manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qilish.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatish shartlari
Vositachi™ Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga uzatish huquqiga ega:
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun va meʼyoriy hujjatlarga amal qilgan holda.
Anonim va jamlangan ma’lumotlarni (Mijozlar guruhlari haqidagi ma’lumotlar) hamkorlarga oshkor qilish.
Nazoratni topshirish (biznesni sotish yoki o'tkazish jarayonida).
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib-taomillarda nazarda tutilgan hollarda.
Foydalanuvchi huquqlari: oʻzgartirish, oʻchirish va kirish
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni bekor qilish yozma ravishda elektron pochta orqali yuborilishi kerak ([email protected]).
Foydalanuvchi o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish bilan bog‘liq axborotni olish huquqiga ega:
ishlov berish asoslari va maqsadlari;
ishlov berish muddatlari va saqlash tartibi;
transchegaraviy ma’lumotlar uzatilishi to‘g‘risidagi axborot.
Ma’lumotlarni (nusxasini) taqdim etish so‘rovi 30 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumotlarni himoya qilish choralari
Vositachi™ ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yoʻq qilish, nusxalash va tarqatishdan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
Vositachi™ O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuni talablariga muvofiq maxfiylik rejimini o'rnatadi.
Siyosatga oʻzgartirishlar
Vositachi™ ushbu Siyosatni www.checkout.uz veb-saytida o‘zgartirilgan tahrirni e’lon qilish orqali o‘zgartirish huquqiga ega. Foydalanuvchi yangi tahrir e’lon qilingandan keyin Servislardan foydalanishni davom ettirsa, u yangi shartlarga rozilik bergan hisoblanadi.