Mazkur Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiylik siyosati (keyingi oʻrinlarda “Siyosat” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxs bo‘lgan vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi O'O'BQ “OTABEK HASANOV” tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur Siyosat O'O'BQ “OTABEK HASANOV” (keyingi oʻrinlarda “Vositachi™” deb yuritiladi) mobil yoki veb-ilova koʻrinishida Vositachi™ toʻlov xizmatidan, shuningdek, Vositachining boshqa dasturlari, mahsulotlari, xizmatlaridan (keyingi o‘rinlarda “Vositachi™ Servislari” deb yuritiladi) foydalanganda Foydalanuvchi haqida olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Siyosat faqat Vositachi™ Servislari uchun amal qiladi va Foydalanuvchi Vositachi™ Servislaridan foydalanishda mavjud boʻlgan havolalar orqali kirishi mumkin boʻlgan uchinchi tomon saytlari/xizmatlarini nazorat qilmaydi va ular uchun, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlangan Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar uchun javobgar emas. Siyosat matnida sanab oʻtilmagan va foydalanilmagan barcha atamalar va ta’riflar boshqa kelishuvlarda/shartnomalarda keltirilgan boʻlib, ularning predmeti Foydalanuvchi tomonidan Vositachi™ Xizmatlarini taqdim etish va ulardan foydalanish tartibi hisoblanadi.
Shartnoma elektron tarzda tuziladi va elektron hujjatlar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq yuridik kuchga ega.
Vositachi™ Xizmatlaridan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda koʻrsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga soʻzsiz roziligini bildiradi; ushbu shartlarga rozi boʻlmagan taqdirda, Foydalanuvchi Vositachi™ Xizmatlaridan foydalanmasligi kerak.
Foydalanuvchi Vositachi™ tomonidan vakolatlangan boshqa tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida avtomatlashtirilgan, shuningdek, avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan, shaxsga doir ma’lumotlarni (shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: operatsiyalar va hisobraqamlarga oid ma’lumotlar, amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, aloqa/mobil telefon raqami, bank kartalari ma’lumotlari, shuningdek bank kartalari orqali amalga oshirilgan har qanday pul operatsiyalari, F.I.Sh., biometrik ma’lumotlar, tug‘ilgan sana va joyi, doimiy va vaqtincha yashash manzili, fuqaroligi, pasport ma’lumotlari, identifikatsiya ID-kartasi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat ma’lumotlari, elektron pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), Foydalanuvchi bilan muloqot vaqtida (elektron pochta, telefon, suhbat, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa aloqa kanallari orqali) to‘plangan ma’lumotlar, audio/video yozuvlar, Vositachi™ tomonidan (yoki Vositachi™ topshirig‘i bilan) Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida yaratilgan ma’lumotlar (masalan, Foydalanuvchining xatti-harakatlari, afzalliklari va boshqalar haqidagi ma’lumotlar), alohida funksiyalar, xizmatlar, mahsulotlar, xizmatlarni taqdim etish doirasida mobil qurilmada saqlanadigan va mobil ilova tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar, cookie-fayllar orqali uzatiladigan ma’lumotlar va kirish huquqi, ilovadan foydalanilganda Vositachi™ tomonidan avtomat ravishda uzatiladigan yoki operatsion tizim darajasida rozilik berilgandan keyin uzatiladigan ma’lumotlar, ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlarga kiritilishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, shu jumladan Vositachi™ tomonidan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish, unga xizmatlar ko‘rsatish, Foydalanuvchiga mahsulotlar/xizmatlarni taqdim etish yoki Foydalanuvchi tomonidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan alohida shaxsiy ma’lumotlarni), qayta ishlash, ya’ni toʻplash, qayd etish, tizimlashtirish, yigʻish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish, qoʻshish), koʻchirma olish, foydalanish, uchinchi shaxslarga berish, shu bilan birga shaxsiy maʼlumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoyasini taʼminlovchi va taʼminlamaydigan xorijiy davlatlar hududiga uzatish, ruxsat berish, tarqatish, ochiq Internet-resurslarda – Vositachi™ning veb-saytlari sahifalarida joylashtirish, shaxsga doir ma’lumotlarni shaxssizlantirish, bloklash, oʻchirish va yoʻq qilishga oʻz roziligini beradi.
Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik shakli quyidagi havola orqali mavjud
Mazkur Siyosat doirasida shaxsiy ma’lumotlar deganda quyidagilar tushuniladi:
Foydalanuvchi Vositachi™ Servislaridan birida roʻyxatdan oʻtishda yoki Vositachi™ Servislaridan foydalanish jarayonida mustaqil ravishda oʻzi haqida taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlar, shu jumladan, Foydalanuvchi bilan tuzilgan har qanday Vositachi™ shartnomalarini bajarish jarayonida uzatilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari demak. Shuni inobatga olish lozimki, kerakli maʼlumotlar taqdim etilgandagina Foydalanuvchi ayrim Vositachi™ Servislaridan foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida Vositachi™ Servislaridan foydalanish jarayonida avtomat ravishda Vositachi™ ga uzatiladigan ma’lumotlar, shu jumladan IP-manzil, cookies-fayllar ma’lumotlari (Foydalanuvchi brauzerida saqlanadigan matnli fayllar), Foydalanuvchi brauzeri (yoki Vositachi™ Servislariga kirish mumkin boʻlgan boshqa dastur) haqidagi ma’lumotlar, kirish vaqti, soʻralgan sahifaning manzili.
Vositachi™ Servislaridan foydalanganda Foydalanuvchi haqidagi quyidagi shaxssizlantirilgan statistik maʼlumotlar avtomat tarzda yigʻiladi (cookies-fayllardan), shu jumladan:
saytda bajariladigan xatti-harakat turi (bosish, kursorni yoʻnaltirish va h.k.);
harakatning bajarilish sanasi va vaqti;
Sahifa URL manzili;
Referer;
IP (statistikada IP manzillar bilan ishlash imkoniyatisiz);
User-Agent;
ClientID (cookie-fayli boʻyicha brauzer identifikatori);
ekran oʻlchamlari;
bosilgan HTML elementining sinfi;
qidiruv soʻrovlari
toʻlovlar, yoqilgan va oʻchirilgan funksiyalar boʻyicha barcha tafsilotlar;
qurilmalar, model, ishlab chiqaruvchi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotga ega xatolar hisobotlari;
Vositachi™ tomonidan taqdim etilgan har qanday xizmatdan foydalanib, Foydalanuvchi Vositachi™ statistik ma’lumotlar va cookies-fayllardan tizimlar keyinchalik qayta ishlashi uchun foydalanishi mumkinligiga, shuningdek, mazkur ma’lumotlar tadqiqotlar uchun, ishlarni bajarish yoki Vositachi™ xizmatlarini taqdim etish maqsadida uchinchi shaxsga uzatilishiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi oʻz uskunasida ishlaydigan brauzer sozlamalarini oʻzgartirish orqali Cookies-fayllarini mustaqil ravishda boshqarishi mumkin. Foydalanuvchi sozlamalariga o‘zgartirishlar kiritish natijasida cookies-fayllar bloklanadi va Vositachi™ to‘lov xizmatining ayrim komponentlaridan foydalanish imkonini yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin.
Vositachi™ maʼlum maʼlumotlarni (masalan, IP manzili, foydalanuvchi qurilmasi identifikatori) qonunchilik va ushbu Siyosat talablariga zid bo‘lgan Vositachi™ Servisidan foydalangan holda xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun shartlarni aniqlash va (yoki) oldini olish maqsadida qayta ishlashi mumkin.
Vositachi™ oʻz kontragentlari va/yoki Hamkorlaridan Foydalanuvchi haqida ma’lumot olishi mumkin. Masalan, kontragent bilan shartnoma shartlari bajarilayotganda kontragent Vositachi™ ga bunday Foydalanuvchi va uning oʻtkazmasi oʻrtasida aloqa oʻrnatish imkoniyatini beruvchi ba’zi ma’lumotlarni uzatishi mumkin va bu haqidagi ma’lumot Vositachi™ tomonidan kontragentga uzatiladi.
Vositachi™ Foydalanuvchi tomonidan bank kartalari yordamida amalga oshiriladigan onlayn toʻlovlar uchun tegishli xavfsizlik darajasini taʼminlash maqsadida maʼlumot olishi mumkin. Bunday ma’lumotlar roʻyxati foydalanuvchi bitm tuzilgan to'lov tizimlariga murojaat qilish mumkin.
Vositachi™ boshqa manbalardan ma’lumot olishi mumkin.
Vositachi™ faqat Vositachi™ Servislarini taqdim etish yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaydi va saqlaydi, qonun hujjatlarida ayrim shaxsga doir ma’lumotlarni majburiy olish va saqlash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar shaxsiy ma’lumotlarni saqlash muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, Foydalanuvchining Vositachi™ Servislaridan foydalanishi siyosatida belgilanmagan bo‘lsa, shaxsga doir ma’lumotlar qayta ishlash maqsadlari uchun zarur boʻlgan muddatdan ortiq saqlanmaydi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda qayta ishlanishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
Foydalanuvchi ishtirokidagi shartnomalarni tuzish va bajarish, shu jumladan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning joriy va kelajakda bajarilishini nazorat qilish va oldindan belgilash choralarini koʻrish;
Vositachi™ kontragentlari bilan shartnomalarni tegishlicha bajarish, shu jumladan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish/soddalashtirilgan identifikatsiya qilish maqsadida, Foydalanuvchiga barcha mavjud Vositachi™ Servislaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
Foydalanuvchiga tegishli har qanday ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq istalgan vaqtda istalgan miqdorda istalgan manbadan (shu jumladan Vositachi™dan) soʻrash;
Muloqot qilish, Foydalanuvchi bilan aloqani amalga oshirish, jumladan, Servislardan foydalanish/xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish, shuningdek, Foydalanuvchidan so‘rovlar va arizalarni qayta ishlash, shu jumladan bunday so‘rovlar va arizalarni keyinchalik Vositachi™ kontragentlari/hamkorlariga ijro uchun yuborish;
Vositachi™ Servislari sifatini yaxshilash, ulardan foydalanish qulayligi, yangi xizmatlarni ishlab chiqish, Foydalanuvchiga moslashtirilgan Vositachi™ Servislarini taklif qilish;
Vositachi™ biznesini rivojlantirish va hamkorlik qilishning yangi usullarini ishlab chiqish;
Vositachi™ tomonidan vakolatlangan tashkilotlar tomonidan, shu jumladan birgalikda, statistik va/yoki marketing va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, tranzaksiyalar tarixi tahlili, toʻlov tahlili / oʻtkazmalar, daromadlar, xarid xatti-harakatlari va oʻz va/yoki umumiy mijozlar/iste’molchilar va/yoki barcha mijozlar/iste’molchilarning boshqa ma’lumotlarini tahlil qilish;
Vositachi™, uning affilangan shaxslari va/yoki Vositachi™ dan kompaniyalar yagona guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan va/yoki Vositachi™ tomonidan vakolatlangan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda aksiyalar, dasturlar/boshqa kampaniyalar, soʻrovlarnomalar, soʻrovlar oʻtkazish va/yoki yangi yoki joriy mahsulot va xizmatlar haqida ma’lumotlar berish;
Vositachi™, uning affilangan shaxslari va/yoki Vositachi™ dan kompaniyalar yagona guruhiga kiruvchi shaxslarning reklama va axborot materiallarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali, shu jumladan telefon, faks, mobil radiotelefon aloqalaridan foydalanish yoki bevosita aloqalar orqali tarqatish;
Turli hisobotlar, tadqiqotlar va/yoki taqdimotlar tayyorlash;
Vositachi™ qonuniy manfaatlari va/yoki qonuniy huquqlarini himoya qilish;
Vositachi™ toʻlov xizmatidan foydalangan holda qonunchilik yoki shartnoma talablariga zid boʻlgan xatti-harakatlarni oldini olish.
Vositachi™ Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini ushbu Siyosat, muayyan xizmatlarni taqdim etish shartlari va Vositachi™ ichki qoidalariga muvofiq qayta ishlaydi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan maxfiylik ta’minlanadi.
Vositachi™ Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga uzatish huquqiga ega:
Vositachi™ Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Anonim ma’lumotlarni oshkor qilish. Anonim ma’lumotlarni oshkor qilish Vositachi™ hamkorlarga anonim ma’lumotlarni (ya’ni, Foydalanuvchining shaxsini bevosita yoki bilvosita oshkor qilmaydigan ma’lumotlar), shuningdek, jamlangan ma’lumotlarni (Mijozlar guruhlari va toifalari haqidagi ma’lumotlarni) oshkor qilishi mumkin. Foydalanuvchilarga Servislarning alohida funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini berish va natijada Vositachi™ga ushbu ma’lumotlar uzatilishi bilan Vositachi™ hamkorlarga anonim va jamlangan maʼlumotlarni toʻplash imkonini berishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish muayyan Vositachi™ Servisidan yoki Vositachi™ hamkor xizmatidan foydalanish uchun, shu jumladan, Foydalanuvchining buyurtmalarini bajarish uchun zarur. Xususan, Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi toifadagi uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:
Ma’lumotlar saqlanishini ta’minlovchi Hamkorlar.
Vositachi™ Servislaridan foydalangan holda qonunchilik yoki Siyosat talablariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishga yordam beradigan holatlarning oldini olishni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi Hamkorlar.
Ommaviy axborot. Vositachi™ Servislari har qanday ijtimoiy tarmoq va kanalda forumlar va/yoki chatlarga ega boʻlishi mumkin, ularda Mijozlar oʻzaro fikr almashishi va bir-birlari bilan muloqot qilishlari mumkin. Forumda yoki chat maydonida xabar joylashtirganda Foydalanuvchi shuni yodda tutishi kerakki, bunday ma’lumotlar Internetda ochiq boʻladi va bunday joylashtirish Foydalanuvchi tavakkalchiligi va xavfi asosida amalga oshiriladi.
Nazoratni topshirish. Ma’lumot uzatish xaridlar yoki boshqa biznes oʻtkazishning bir qismi sifatida amalga oshiriladi (toʻliq yoki qisman), shu bilan birga u olgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan ushbu Siyosat shartlariga rioya qilish boʻyicha barcha majburiyatlar qabul qiluvchiga oʻtadi;
Ma’lumot uzatish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib-taomilda nazarda tutilgan;
Vositachi™ Foydalanuvchining amaldagi Vositachi™ Siyosati shartlarini va/yoki amaldagi qonunchilik talablarini buzayotganiga ishonch hosil qilish uchun asosli asoslarga ega boʻlgan hollarda Vositachi™ yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini taʼminlash.
Foydalanuvchi Vositachi™ xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Vositachi™ ushbu Siyosatda koʻrsatilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun uzatilishi mumkin. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari deganda, ushbu bandga muvofiq, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, bank kartasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va Vositachi™ dasturiy vositalari ishtirokida amalga oshirilgan Vositachi™ to‘lov xizmatidan foydalangan holda operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi.
Vositachi™ Servislari doirasida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni yoki uning bir qismini oʻzgartirish (yangilash, toʻldirish) yoki oʻchirish funksiyalari Foydalanuvchi uchun taqdim etiladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni bekor qilish yozma ravishda amalga oshirilishi va elektron pochta orqali yuborilishi kerak ([email protected]).
Amaldagi qonunchilikka koʻra ruxsat etilgan darajada Vositachi™ shaxsga doir ma’lumotlarning oʻzgarishi yoki yoʻq qilinishi haqida shaxsiy ma’lumotlar oshkor qilingan har bir qabul qiluvchini xabardor qiladi, bunday holat imkonsiz boʻlsa yoki nomutanosib xatti-harakatlarni talab qilishi bundan mustasno.
Vositachi™ Servislaridan foydalanganda Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash/saqlash majburiyati qonunchilik talablariga muvofiq Vositachi™ga yuklatilishi mumkin. Bunday qayta ishlash/saqlash Vositachi™ tomonidan qonunchilik va ushbu Siyosatda belgilangan hollarda, asoslar va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlardan foydalanish huquqi:
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-547-sonli Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Foydalanuvchi o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish bilan bog‘liq axborotni, jumladan quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega: (а) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish faktini tasdiqlash; (b) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari; (c) shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishning qo‘llaniladigan usullari; (d) Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi operatorining (Operator) nomi va joylashgan manzili, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan yoki Operator bilan tuzilgan shartnoma yoxud qonun asosida shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin bo‘lgan shaxslar (Operatorning xodimlari bundan mustasno) haqidagi ma’lumotlar; (e) Tegishli shaxsiy ma’lumotlar subyektiga oid ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlar tarkibi, ularning olinish manbasi, agar qonunda bunday ma’lumotlarni taqdim etishning boshqa tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa; (f) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari; (g) shaxsga doir ma’lumotlar subyekti tomonidan "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish tartibi; (h) amalga oshirilgan yoki mo‘ljallanayotgan transchegaraviy ma’lumotlar uzatilishi to‘g‘risidagi axborot.
Vositachi™ Toʻlov xizmati interfeysida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ma’lumot (nusxasi) Vositachi™ ga yozma yoki boshqa aloqa vositalari orqali taqdim etilishi mumkin.
Agar Vositachi™ ushbu Siyosatning 3.4-bandiga muvofiq so‘rov yuborayotgan Foydalanuvchining identifikatsiyasiga shubha qilish uchun asosi bo‘lsa, u bunday Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqli.
Ma’lumotlarni (nusxasini) taqdim etish boʻyicha so‘rovni ko‘rib chiqish Vositachi™ tomonidan olingan kundan boshlab bir oy (30 kun) ichida amalga oshiriladi. Vositachi™ soʻrovlarning murakkabligi va sonini hisobga olgan holda belgilangan muddatni ikki oyga (60 kunga) uzaytirish huquqiga ega. Vositachi™ Foydalanuvchini bunday uzaytirish toʻgʻrisida Vositachi™ uchun qulay boʻlgan usulda xabardor qiladi va bunday uzaytirish uchun asos boʻlgan sabablarni koʻrsatadi.
Agar soʻrovda aniq asos koʻrsatilmagan boʻlsa yoki soʻrovlar haddan tashqari koʻp boʻlsa, Vositachi™ so‘rovni bajarish (shu jumladan ma’muriy xarajatlar) uchun tegishli to‘lov undirish yoki so‘rovni bajarishni rad etish huquqiga ega. Vositachi™, shuningdek, Foydalanuvchiga Siyosatning 3.4-bandida koʻzda tutilgan tartibda nashr etilgan u haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta olmaydi. Vositachi™ so‘rovni bajarishni rad etishga haqli bo‘lgan boshqa holatlar O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunida belgilab qo‘yilgan.
E’tiroz bildirish huquqi
Amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan darajada Foydalanuvchi oʻz shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga nisbatan ilgari berilgan har qanday rozilikni qaytarib olishi yoki qonuniy asoslarga koʻra e’tiroz bildirishi mumkin. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga roziligini bekor qilish Foydalanuvchining “Vositachi” to‘lov xizmatining texnik funksiyasini to‘xtatib turish/cheklashga bo‘lgan xohish-irodasi ekanligini tushunadi, bu esa Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov bermasdan amalga oshirilmaydi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq Foydalanuvchi nazorat organiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Vositachi™ Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatishdan, shuningdek, u bilan uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy xatti- harakatlaridan himoya qilish uchun zarur va yetarli tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547) va shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlarga muvofiq Vositachi™ Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qiladi va qayta ishlaydi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashda Vositachi™ ularning xavfsizligini ta’minlaydi va shaxsga doir ma’lumotlarga ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, ularni yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek, boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish uchun bunday ma’lumotlarga nisbatan maxfiylik rejimini oʻrnatish va ularga rioya etilishini nazorat qilish orqali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, standartlar va Vositachi™ning ichki tashkiliy-maʼmuriy hujjatlari talablarini bajaruvchi qoʻshimcha himoya choralarini joriy etish orqali zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
Vositachi™ ushbu Siyosatni www.checkout.uz veb-saytida o‘zgartirilgan tahrirni e’lon qilish orqali o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish huquqiga ega. Foydalanuvchi Siyosatning yangi tahriri e’lon qilinganidan so‘ng Vositachi™ Servislaridan foydalanishi uning Siyosatning yangi shartlariga roziligini bildiruvchi konklyudent harakat hisoblanadi. Siyosatga kiritilgan o‘zgartirishlar/qo‘shimchalar haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun, Foydalanuvchi www.checkout.uz veb-saytini muntazam ravishda tekshirib turishi shart.
Ushbu Siyosatga hamda Foydalanuvchi bilan Vositachi™ o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar qo‘llaniladi.
Ushbu Siyosat boʻyicha savollar yoki sharhlar quyidagi elektron manzilga yuborilishi mumkin: [email protected].
Vositachi™ ushbu Siyosat qoidalariga taalluqli boʻlmagan savollarga javob bermaslik huquqiga ega, bu esa Foydalanuvchini Vositachi™ ga “Vositachining aloqa maʼlumotlari” boʻlimidagi manzillar boʻyicha bunday savollarni yuborish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.